logo

Ishhaqi.uz web-sayti qanday ishlaydi?

Ishhaqi.uz ning ish haqini o'rganish metodologiyasi

Ishhaqi.uz - 600 dan ortiq ish o'rinlari uchun ish haqini taqqoslash mumkin bo'lgan portal. Ish o'rinlari ro'yxati O'zbekiston Respublikasi mehnat bozorini aks ettiradi va doimiy ravishda yangilanib boradi.

Ushbu ish haqi bo'yicha so'rovnoma 2007 yilda Merces.sk nomi ostida yaratilgan. Ma'lumotlarni yig'ish, qayta ishlash va ularni baholash metodologiyasining muallifi Profesia (Alma Career Slovakia, s. r. o.) kompaniyasi. Kompaniya ushbu so'rovnomani 20 ga yaqin mamlakatda o'tkazadi. Masalan, Chexiyada (Platy.cz), Vengriyada (Fizetesek.hu), Slovakiyada (Platy.sk) va xalqaro portal (Paylab.com) orqali.

Portalning auditoriyasi - bu mehnat bozoridagi odamlar va o'z xodimlarining ish haqini adolatli belgilanishi haqida qayg'uradigan kompaniyalar.

 

1. Ma'lumotlarni kiritish

Portal orqali xodimlar bir xil lavozimda va bir hududda mehnat qiluvchi boshqa odamlar bilan ish haqini taqqoslash imkoniyatiga ega. So'rovnomada ishtirok etgan har bir xodim avtomatik tarzda respondentga aylanadi va ish haqi taqqoslovi natijasini, mutlaqo, bepul bilib oladi. Natijalar boshqa respondentlar tomonidan to'ldirilgan ma'lumotlarga asoslanadi. So'rovnomada ishtirok etish uchun odam hozirda shartnoma asosida ishlayotgan bo'lishi kerak.

Har bir respondentdan olingan ma'lumotlar bir yil davomida amal qiladi va ularga hech qanday usulda o'zgartirishlar kiritilmaydi. Ish haqi bo'yicha so'rovnomada, mutlaqo, anonim holda qatnashish mumkin. Ma'lumotlarni yig'ish va qayta ishlashda shaxsiy ma'lumotlar bilan ishlash qoidalariga to'liq rioya qilinadi.

So'rovnomada ish haqi yalpi (brutto) ko'rinishda to'planadi va respondentlar ushbu ish haqini doimo to'liq stavkadagi mehnat uchun ko'rsatishlari kerak. So'rovnomada o'z-o'zini ish bilan band qilganlar, tadbirkorlar qatnasha olmaydi.

 

2. Natija

So'rovnomada taqdim qilingan ma'lumotlar databazaga qo'shilishidan avval "tozalanadi". Ya'ni haddan tashqari shubhali ma'lumotlar databazaga kiritilmay o'chiriladi, masalan, oylik ish haqi 100 ming so'm yoki 1 mlrd so'm kabilar. Ma'lumotlar bazasini tozalashning ikkinchi bosqichi - takrorlangan anketalar va ekstremal holatlarni aniqlash. Ekstremallar hududlarni (poytaxt, poytaxtdan tashqarida) hisobga olgan holda aniq ish o'rinlar uchun maxsus belgilanadi. Ma'lumotlarni ekstremal aniqlash metodologiyasi (ma'lumotlar trimingi) mintaqalar bo'yicha ish haqini nazariy taqsimlash parametrlarini ishonchli baholashga asoslangan.

Anketalardan tozalangan ish haqi ma'lumotlari regressiya modeli uchun ma'lumotlar bazasiga kiritiladi.

 

3. Regressiya modeli

Ish haqi bo'yicha so'rovnomada kvantil regressiya yordamida umumiy va asosiy ish haqlari hisoblab chiqiladi. Bu lavozimlar, regionlar, kompaniyalar hajmi, ma'lumoti, tajribasi va yoshi o'rtasidagi bog'liqlikni hisobga oladi. Ushbu usul kerakli respondentlarning kam miqdori bilan ham o'rtacha ish haqi miqdorini taxmin qilishga imkon beradi.

Agar ma'lumotlar bazasida kamida 10 ta respondent bo'lsa, regressiya modeli ushbu lavozim uchun ish haqi miqdorini hisoblab chiqish imkonini beradi. Odatda, oxirigi 12 oyda olingan ma'lumotlar hisob-kitobda qatnashadi, ammo, ma'lumotlar yetarlicha bo'lmagan holda, oxirgi 24 va 36 oydagi ma'lumotlar ham hisobga olinadi.

Regressiya modelining natijalari kompaniya hajmiga qarab tasniflanadi:

  • kichik (50 xodimgacha)
  • o'rta (51 - 249 xodim)
  • katta (250 va undan ortiq xodim)

Ta'lim darajalari uchun regressiya modeli quyidagilarni ajratib turadi:

  • O'rta ma'lumotdan past
  • O'rta yoki o'rta-maxsus
  • Oliy ta'lim

Ish o'rnidagi staj uchta daraja bo'yicha baholanadi:

  • junior (ikki yillik ish tajribasi)
  • middle (3 - 5 yillik tajriba)
  • senior (6 yildan ortiq tajriba)

 

4. Estimation modeli

Ishhaqi.uz da regress modelini qo'llash imkoniyati bo'lmagan hollarda ish haqini hisoblashning maxsus usulidan foydalanadi. Shunday qilib, agar regressiya modeli uchun yetarli ma'lumot bo'lmasa, ish haqi ma'lumotlari "taxmin" modeli bilan baholanadi. Ushbu model berilgan lavozim uchun ish haqi chegarasini malakali ravishda baholaydi, qo'shimchasiga, respondentlardan olingan haqiqiy ma'lumotlar ushbu taxminlarni yanada mukammallashtiradi. Ma'lumotlarni hududlar bo'yicha ko'rsatish imkoniyati yo'q bo'lsa va lavozim uchun asosiy ish haqini hisoblashning iloji bo'lmaganda, taxmin modeli ma'lum bir cheklovlarga ega. Regressiya modelida bo'lgani kabi, moliyaviy va moliyaviy bo'lmagan benefitlar to'plangan ma'lumotlarga asosan klassik statistika bo'yicha hisoblanadi.

 

5. Qaysi hollarda natijalarni ko'rsatish mumkin emas

Regressiya va estimation modelining qo'llanilishiga qaramay, natijalarni ma'lum bir hollarda namoyish qilishning iloji bo'lmasligi mumkin. Bu, ayniqsa, yangi lavozimlar bilan bog'liq.

Bunday holatlarda biz foydalanuvchiga qanday qilib ish haqi bo'yicha muzokara o'tkazish bo'yicha o'z maslahatlarimizni beramiz. Kelgusida, ish haqi taqqoslovi uchun yetarli ma'lumotlar yig'ilganda, foydalanuvchiga ish haqi taqqoslovi natijalari avtomatik tarzda yuboriladi, agar foydalanuvchi o'z elektron pochta manzilini qoldirgan bo'lsa.

 

6. Xodimlar uchun tahlil natijalari

Ishhaqi.uz so'rovnomasidan olingan asosiy ma'lumot - bu har bir ish o'rni bo'yicha o'rtacha ish haqi miqdori. Ish haqini taqqoslash bo'yicha so'rovnomani to'ldirgandan so'ng, foydalanuvchiga ish haqi taqqoslovi natijalari bepul namoyish qilinadi. Natijalar to'g'ridan-to'g'ri portalda, so'rovnomaning yakuniy sahifasida ko'rsatiladi.

Har bir tashrif buyuruvchi ish haqi tahlilining kengaytirilgan pullik versiyasini (Ish haqi reporti Plus) sotib olish imkoniyatiga ega. Bundan tashqari, ushbu tahlil hudud, ish staji, ta'lim va boshqa faktorlarni hisobga olgan holatni aks ettiradi. Nomoliyaviy benefitlar haqidagi ma'lumotlar, faqat, so'nggi 12 oyda kamida 10 ta respondent javob berganda ko'rsatiladi.

Pullik versiyada shuningdek, ish haqi bo'yicha muzokaralar o'tkazish uchun maslahatlar va tavsiyalar, xodimning SWOT tahliliga tayyorgarlik ko'rish va boshqa foydali ma'lumotlar aks etadi. "Plus" hisoboti 20 dan ortiq sahifani o'z ichiga oladi va bu ayniqsa, manajeri bilan ish haqini muhokama qilishni rejalashtirayotganlar uchun qo'l keladi.

Foydalanuvchilar pullik versiyani web-sahifada mavjud bo'lgan onlayn to'lov xizmatlaridan foydalanib, sotib olishlari mumkin.

Xarid qilingan ish haqi tahlili e-mail orqali buyurtmachining e-mail manziliga yuboriladi.

 

7. Firmalar uchun tahlil natijalari

Ish haqi reporti Pro, asosan, korporativ mijozlar uchun mo'ljallangan bo'lib, uni kerakli ma'lumotlarni kiritgandan so'ng, onlayn sotib olish mumkin. Ish haqi reporti Pro lavozim va hududdan tashqari, staj va firma hajmini ham hisobga oladi. Hisobot tanlangan lavozim bo'yicha asosiy rag'batlantirish ko'rsatkichlarini va boshqa faktorlarni umumlashtiradi. Ish haqini asosiy va yalpi ish haqiga ajratadi va quyidagicha saralaydi:

1. dekil - ishchilarning 10 foizi belgilangan qiymatdan kamroq daromad olishadi
1. kvartil - xodimlarning 25 foizi belgilangan qiymatdan kamroq daromad olishadi
median - ishchilarning yarmi belgilangan qiymatdan kamroq / ko'proq daromad olishadi
3. kvartil - xodimlarning 25% belgilangan qiymatdan ko'proq daromad olishadi
9. dekil - ishchilarning 10% belgilangan qiymatdan ko'proq daromad olishadi

Mehnat bozoridagi vaziyatni respondentlarning ish haqi darajalariga bo'linish grafigi orqali ham ko'rishingiz mumkin. Ushbu grafik ishchilarning ish haqining 10 ta chegarasidagi ulushlarini ham ko'rsatib beradi.

Ish haqi reporti Pro quyidagi ko'rsatkichlar ish haqida qancha ulushga ega ekanligini ham aks ettiradi:

  • staj
  • ta'lim
  • hudud
  • firmaning hajmi
  • yosh

Hisobotda keltirilgan barcha ma'lumotlar regressiya modeliga asoslangan. Statistika xodimlarning nomoliyaviy benefitlarini ham o'z ichiga oladi. Ushbu benefit, faqat, eng kamida 10 ta respondent tomonidan berilgan bo'lsagina, hisobotda ask etadi.

Shuningdek, o'zgaruvchan ish haqi qismi, 13-oylik, yillik bonus va ularning o'rtacha qiymati ham hisobotda o'z aksini topadi. Ushbu qiymatlar tanlangan lavozim, hudud, staj, ma'lumot darajasi va firmaning hajmi bo'yicha kamida 5 ta respondent qatnashgan bo'lsagina, ko'rsatilishi mumkin.

Ish haqi reporti Pro portaldan onlayn sotib olinadi. To'lov qabul qilingandan so'ng, PDF shakldagi report darhol buyurtmada ko'rsatilgan e-mailga yuboriladi. Bu jarayon o'rtacha 2 ish kunini oladi.

 

8. Firmalar uchun Ish haqi Sozlamasi

Korporativ mijozlar Ish haqi Sozlamasiga kirish huquqini sotib olishlari mumkin. Ushbu xizmatni sotib olish orqali mijoz 1 yil davomida barcha lavozimlar uchun ish haqi ma'lumotlariga, mehnat bozoridagi holatni real vaqtda tekshirish, firmada ish haqi strategiyasini ishlab chiqish kerakli ma'lumotlarni olish, taqqoslash va boshqa imkoniyatlarga ega bo'ladi. Ish haqi reporti Pro sizga ma'lumotlarni, faqat, bitta tanlangan lavozim uchun taqdim etsa, ish haqi sozlamasida bunday cheklov yo'q.

Sozlamada olgan ma'lumotlaringizni, tahlil natijalarini saqlab qo'yish yoki PDF faylga ko'chirib olish mumkin.

Ish haqi Sozlamasiga kirish huquqini onlayn sotib olasiz, yoki bevosita [email protected] bilan bog'laning. To'lov qabul qilingandan so'ng, sozlamaga kirish uchun sizga kerakli (login) ma'lumotlar yuboriladi.

9. Eksklyuziv ish haqi tahlili

Ishhaqi.uz portalida ish haqi ma'lumotlarini mijoz talab qilgan me'zonlarga asoslanib, olish mumkin. Masalan, OAV, davlat tashkilotiga aholining ma'lum bir qatlami uchun ish haqi ma'lumotlari kerak bo'lganda. To'plangan ma'lumotlar va tizimning egiluvchanligi mijozlarga moslashtirilgan har xil va nostandart tahlillarni olish imkonini beradi. Bunday tahlillar to'g'risida ma'lumot olish uchun bevosita [email protected] ga murojaat qiling.


Ishhaqi.uz

Sizga berilayotgan maosh adolatlimi?

O'zingiz uchun maxsus bepul ish haqi taqqoslovini oling.

Maoshingizni taqqoslab ko'ring