logo

Mukammal home-office qanday bo'lishi kerak?

20.7.2021

cover image

Karonavirus infeksiyasi sababli insonlarning yashash tarzi sezilarli darajada o'zgardi. Virus hammani uy asiriga aylantirib qo'ydi. Natijada, insonlar o'z uylaridan turib ishlashlariga to'g'ri keldi va uy ofislariga ehtiyoj baydo bo'ldi. Shunday bo'lsada, hozirgi kunda deyarli barcha insonlar uydan turib ishlashni maqullashmoqda. Ehtimol, siz ham uydan turib ishlarsiz. Haligacha ish joyingizni tartiblay olmadingizmi? Unda ushbu maqolamiz orqali siz uchun ilhom beruvchi uy ofisini tashkil etishni ko'rib chiqamiz.

Maqolani o'qib bo'lganingizdan so'ng, ishhaqi.uz portalida o'z maoshingizni taqqoslab ko'rishni unutmang.

Ranglar uyg'unligi

Agar uy ofisingiz  sizga  ilhom berib turishini xohlasangiz, ranglar uyg'unligiga katta e'tibor berishingiz kerak. Chunki ranglar inson kayfiyatiga ta'sir ko'rsatadi. Ular bizni kayfiyatimizni ko'tarishi mumkin, yoki aksincha. Shu bilan birga ular charchagan insonning asablarini tinchlantirishi ham mumkin. Ish joyingizning rangi yorqin yoki neytral rangda bo'lishini, qiladigan ishingizdan kelib chiqib tanlashingiz kerak. Bu esa, sizga yaxshi kayfiyat va ijodiy samaradorlikni beradi.

Qulay jihozlar uchun pul sarflang

Ofis uchun rang tanlab bo'ldingiz, keyingi qadam - ofisni jihozlash. Ranglar bilan bir qatorda ofisingizni qulay jihozlar  bilan to'ldirish juda muhimdir. Agar jihozlaringiz foydalanishga qulay bo'lmasa, u sizning ishingizga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Balki, sog'ligingizga ham zarar yetkazadi, shu bilan birga, mablag'ingizga ham. Shuning uchun stol, stul tanlayotganingizda juda ehtiyotkor bo'lishingiz lozim. Har tomonlama qulay kelishini ko'zdan kechiring va pulingizni kerakli narsaga sarflang.

Xona o'simliklaridan foydalaning

Ranglar va jihozlarni tanlab bo'lgan bo'lsangiz, keyingi bosqich  xonangizning atmosferasini doimiy tozalanib turishi uchun zarur bo'lgan xona o'simligini tanlashdir. Xona o'simliklari sizni ofisingizni obod qilibgina qolmay, sog'liq uchun foydali hamdir. Ular xonangiz atmosferasini doimiy ravishda zararli moddalardan tozalab turadi. Shu bilan bir qatorda ular sizning immunitetingizni kuchaytiradi. Agar siz kompyuter oldida ko'p vaqtizni o'tgazsangiz kaktus o'simligini kompyuter yaqiniga qo'yib qo'yishingiz maqsadga muvofiq bo'ladi. Bundan tashqari, o'simliklarni tez o'sishi uchun LED chiroqlaridan foydalaning, chunki ular energiya  va issiqlikni kamroq ishlab chiqaradi va o'simliklarni zararlamaydi.

Ilhom beruvchi elementlar qo'shing

Agar ishingizda muvaffaqiyat qozonishni istasangiz, ofisingizga sizni ruhlantiruvchi eng kerakli elementlarni to'plang. Masalan, rasmlar yoki o'zingiz erishishni xohlagan narsangizning maketi. Chunki bu sizga ishni bajarishingizda zarur turtki beradi. Ish stolingizda oilaviy suratning bo'lishi sizga ikki barobar ko'p ilhom beradi. Yana, harakatga undovchi motivatsion so'zlarning devorlarda bo'lishi ham sizga yaxshi energiya beradi.

Yorug'lik juda muhim

Yuqoridagilar bilan bir qatorda, yorug'lik ham juda muhim ahamiyatga ega. Chunki yorug'lik bo'lmasa siz hech nima qila olmaysiz. Ofisingizga ikki xil ko'rinishdagi yorug'lik suv va havodek zarur. Birinchisi, tabiiy yorug'lik, ya'ni quyosh yorug'ligi xonangizni  kerakli darajada yoritib turishi kerak. Chunki bu ishchanlikni oshirib, ko'z charchog'ini oldini olib, uyquni kamaytiradi va kayfiyatingizga yaxshi ta'sir ko'rsatadi. Ikkinchisi, sun'iy yorug'lik. Bu esa ofisingizda kerakli muhit yaratishga va tunda ishlashizga yordam beradi.

Xulosa

Yuqorida keltirilgan barcha fikrlarni qo'llash orqali, uy ofisingizni qulay va shinam holda tashkil etishingiz mumkin. Ranglar uyg'unligi, qulay jihozlar, xona o'simliklari, yorug'lik va hokazolar, bular hammasi uy ofisingizni samaradorligini ta'minlaydi. O'zingiz uchun eng yaxshi tanlovni qiling va ishingizni mukammal uy ofisida unumliy bajaring!



Akmal Khudoynazarov

Sizga berilayotgan maosh adolatlimi?

O'zingiz uchun maxsus bepul ish haqi taqqoslovini oling.

Maoshingizni taqqoslab ko'ring