logo

O'zbekistonda ish haqi holati. 2021-yil, Sentabr

7.9.2021

cover image

Ishhaqi.uz so’rovnomasiga ko’ra, 2021-yil sentabr holatiga, O’zbekistonda o’rtacha maosh 2.8 mln so’mni tashkil qiladi. Erkaklar o’rtacha 2.9 mln so’m maosh olsa, ayollarga 2 mln so’m, ya’ni erkaklarga nisbatan 32 % kamroq maosh to’lanmoqda. Poytaxtliklar, tabiiyki, eng ko’p (o’rtacha 3.7 mln so’m) ishlab topish bo’yicha yetakchilik qilayotgan bo’lsa, jizzaxliklar o’rtacha 2.2 mln so’m bilan viloyatlar bo’ylab reytingda eng quyi pog’onoda. Gastronomiya va ijtimoiy himoya soha vakillari o’rtacha 1.7 mln so’m oylik bilan O’zbekistonda eng kam daromad topuvchilar bo’lsa, eng ko’p (4.1 mln so’m) daromadi bilan, eng birinchi navbatda, IT sohasida faoliyat olib boruvchilar maqtana oladi. Oliy ma’lumotli kadrlar o’rta ma’lumotlilarga qaraganda 26 % ga ko’proq, ya’ni oyiga o’rtacha 3.1 mln so’m ishlab topmoqda.


Maoshlar netto (daromad solig'i ayirib tashlangan) holda ko'rsatildi.


Ishhaqi.uz Statistikasi

Sizga berilayotgan maosh adolatlimi?

O'zingiz uchun maxsus bepul ish haqi taqqoslovini oling.

Maoshingizni taqqoslab ko'ring