logo

Talabalarga: yarim kunlik ishni qanday topish mumkin?

19.7.2021

cover image

Pandemiya sababli insonlar uchun ish topish jarayoni ancha qiyinlashdi. Ayniqsa, bu vaziyat talabalarning kundalik hayotiga ham sezilarli darajada ta'sir o'tkazmoqda. Bakalavr talabalari , bitiruvchi kurs talabalari professonallik darajasiga ega bo'lmasdan ma'lum bir ish boshlashda juda qiyin holga tushib qolishmoqda. Biroq hozirgi kunda yarim kunlik ish madaniyati ommalashib borayotganligi sababli va glaballashuv zamonida bunday masalalarning yechimini topish juda oson va ish topishning turli xil usullari mavjud. Ushbu maqolada biz o'zingiz uchun munosib ish topishning turli usullari haqida ma'lumot beramiz.

Maqolani o'qib bo'lganingizdan so'ng, ishhaqi.uz portalida maoshingizni taqqoslab ko'rishni unutmang.

Ish qidirish uchun arizalar:

Internet katta imkoniyat degani. U yerdagi  bir nechta dasturlar sizga o'zingizni ish bilan ta'minlashda yordam berishi mumkin. Buning uchun siz online ish web-sahifalari deb yozishingiz yetarli. Siz o'zingiz haqingizdagi ma'lumotlar: ismingiz, telefon raqamingiz va shu kabi ba'zi ma'lumotlarni kiritishingiz va CV-ni yuklashingiz kerak.  Ish profilini tanlaysiz va o'zingizga mos keladigan ishni qidirib topasiz. Arizada sizga bo'sh ish o'rinlari ro'yxati taqdim etiladi.  O'zingizning xohishingizni to'ldirib, to'liq ish kunlaridan tashqari siz amaliyot (pullik yoki to'lanmagan) va yarim kunlik ish joylarini topishingiz mumkin.   Va sizni qiziqtirgan barcha vakansiyalarga o'zingizning rezyumeyingizni yuborishingiz mumkin va ushbu arizalar sizga matn almashish va yollovchingiz bilan bog'lanish imkonini beradi. Ushbu web-sahifalarda joylashtirilgan bo'sh ish o'rinlari va maosh haqida eslatib o'tadi.  Shunday qilib, sizga eng yaxshi maosh beradigan ish o'rinlari orasidan birini tanlashingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar:

Instagram, Twitter va Facebookda vaqtingizni behuda videolar, postlar ko'rishga sarflayotgan bo'lsangiz buni foydali tarafga o'zgartiring. Facebook deysizmi, Twittermi, deyarli ijtimoiy tarmoqlarning barchasida  to'la vaqtli, yarim kunlik, uyda ishlaydigan va hokazo bo'sh ish o'rinlarini topishingiz mumkin. Buning uchun siz turli kompaniyalarning sahifalari va ijtimoiy tarmoqlardagi profillariga tashrif buyurib, ular haqida yaxshiroq ma'lumotga ega bo'lishingiz kerak. Va, bo'sh ish o'rinlariga ushbu saytlar orqali ham murojaat qilishingiz mumkin.  LinkedIn - bu butun dunyo bo'ylab ishga yollovchilar bilan bog'lanish uchun foydalanishingiz mumkin bo'lgan yana bir ijtimoiy tarmoq dasturidir.

Bo'sh ish o'rinlari yarmarkalari:

Bo'sh ish o'rinlari yarmarkalari deyarli barcha universitetlar tomonidan har yili o'tkaziladigan tadbirlardir.  Talabalar u yerga o'zlariga munosib ish topish uchun tashrif buyurishadi. Bu kabi tadbirlar talabalarga ish beruvchi bilan birma-bir uchrashish va qobiliyatlarini yaxshiroq namoyish etish imkoniyatini beradi. Ishga qabul qiluvchilarda yaxshi taassurot qoldirish uchun, universitetning ish yarmarkasida ishtirok etadigan barcha kompaniyalar ro'yxatini olib, ushbu kompaniyalar haqida bir oz tadqiqot o'tkazib, keyin yarmarkada ishtirok etish yaxshi natija beradi. Shunda siz ularning savollariga yaxshiroq javob berishingiz va ishga yollovchilar bilan uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko'rishingiz mumkin. Agar siz haliham talaba qanday qilib internet orqali pul topishi mumkin deb, ikkilanayotgan bo'lsangiz, bo'sh ish o'rinlari yarmarkalari siz uchun juda yaxshi tanlov.

Ishga yollovchi firmalar:

Bu tanishuv saytlaridan foydalanishdek gap. Siz yaxshi taraflaringiz va qobiliyatlaringiz haqida ma'lumot to'ldirasiz va ilova sizning afzalliklaringizni boshqalarning tafsilotlari bilan moslashtiradi va sizni eng munosib odam yoki shaxslar bilan bog'laydi.  Shunday qilib, bu kabi firmalar siz haqingizdagi barcha ma'lumotlarni va siz qidirayotgan ish profili haqida ma'lumot to'playdi.  Keyin ular sizning talablaringizni yollovchining talablari bilan moslashtiradi va siz uchun eng maqbul ish rejimlarini tanlaydi.  Ular sizning rekvizitlaringizni ishga yollovchilarga yuboradilar va siz uchun uchrashuvni rejalashtirishadi.  Ushbu ishga yollovchi firmalar ish topishning eng oson usulidir

Kontaktlaringizni kengaytiring:

Do'stlaringiz bilan bog'lanishga harakat qiling.  Ular yarim kunlik ishda ishlayotgan bo'lsa, bunday ishni qanday topgani haqida ma'lot oling. Ish topish uchun tanishlaringiz, oila a'zolaringiz va do'stlaringizdan yordam olishingiz mumkin. Agar sizning do'stlaringiz yoki do'stlaringizdan biri yarim kunlik ishchi sifatida ishlayotgan bo'lsa, ular bilan suhbatlashing va ularning ishi haqida batafsil ma'lumot oling. Bu kabi usullar ish topishda sizga foyda berishi mumkin. Agar siz kovorking sohasida o'zingizni sinab ko'rmoqchi bo'lsangiz, bu yaxshi tanlov. Bugungi kunda kovorking joylari juda mashhur.

Xulosa:

Xulosa qilib, shuni aytish mumkinki, yaxshi ish topish har bir shaxsning o'z qo'lida. Agar siz talaba bo'lsangiz, hech ikkilanmang. O'z hayotingizni osonlashtirish uchun yuqoridagi usullardan foydalanib ko'ring. Ba'zi ish beruvchi web-sahifalardan foydalanib ko'ring, Facebook, Twitter kabi ijtimoiy tarmoqlarda befoyda vaqt sarflamay, ulardan pul topish maqsadida foydalaning. Yoki universitetingizda o'tkaziladigan yarmarkada ishtirok eting. Juda ham qiyin bo'lsa do'stlaringizdan so'rab o'rganing. To'xtamang. Harakat muvaffaqqiyatga yetaklaydi. Orzular tomon olg'a.


Akmal Khudoynazarov

Sizga berilayotgan maosh adolatlimi?

O'zingiz uchun maxsus bepul ish haqi taqqoslovini oling.

Maoshingizni taqqoslab ko'ring