logo

Ish haqi belgilashda adashmang

Ishhaqi.uz dan olingan ma'lumotlar sizga kandidat, ham xodimlaringizning maosh bo'yicha xohishlarini sizning ish haqi berish imkoniyatingiz bilan uyg'unlashtirishga yordam beradi. Agar sizga bitta ish o'rni bo'yicha ish haqi ma'lumotlari kerak bo'lsa,
Ish haqi Reporti xizmati sizga mos. Ish haqi Sozlamasi esa cheklanmagan lavozimlar bo'yicha ma'lumotlarni qidirayotganlar uchun qulay.

Ko'proq ma'lumot

Nega Ishhaqi.uz portalining ish haqi tahliliga ishonish kerak?

Ish haqi ma'lumotlari soni

Mamnun mijozlar soni

Lavozimlar soni

Ishhaqi.uz portali metodologiyasi bo'yicha tez-tez beriladigan savollar

Ishhaqi.uz ma'lumotlarni bevosita xodimlardan oladi. Har bir xodimda o'z maoshini adolatli ekanligini bilishga bo'lgan ichki ehtiyoj bor. Shuning uchun bizning portalimiz orqali minglab odamlar o'z ish haqlarini taqqoslab ko'radi. Shunday qilib, biz, tabiiy ravishda, katta-yu kichik firmalarda turli xil lavozimlarda ishlovchi xodimlardan ma'lumotlarni olamiz.

So'rovnoma metodologiyasi avval boshidanoq haddan tashqari qiymatlarni avtomatik ravishda aniqlaydi. Ular lavozim va hududlar bo'yicha baholanadi. Haddan tashqari qiymatlar aniqlangan holatda, ular keyingi hisoblashlarga kiritilmaydi. Tajriba shuni ko'rsatmoqdaki, 10% kiritilgan ma'lumotlar ushbu filtrdan o'tmaydi.

Metodologiya bunga ham tayyor. So'rovnoma ishtirokchisi anketani bir martadan ortiq to'ldirsa, tizim takroriy ma'lumotni aniqlaydi va ishtirokchining faqat bitta, eng mukammal so'rovnomasi natija hisob-kitoblarida qatnashishini kafolatlaydi. Biz bu borada juda talabchanmiz; statistika shuni ko'rsatmoqdaki, so'rovnomalarning 20%i aynan duplikat ma'lumotlar sabab, filtrdan o'tmaydi.

Biz ish haqini lavozim, hudud, firma hajmi, ta'lim darajasi, ish staji va yoshi o'rtasidagi bog'liqliklarni hisobga oladigan kvant regressiya metodologiyasi bo'yicha hisoblaymiz. Regressiya statistik modeli ish haqini ma'lumotlar bazasida juda kam respondentlar (masalan, 20 tadan kam) bo'lgan taqdirda ham aniq holda hisoblash imkonini beradi. Agar bizda yetarlicha (hatto, 20 ta) ish haqi ma'lumotlari bo'lmasa, natijalar taxminiy model asosida hisoblanadi.

Biz ish haqi ma'lumotlarini bir nechta manbalar bilan solishtiramiz, ayniqsa, ish e'lonlaridagi maoshlar va ish haqi ma'lumotlariga ega muqobil databazalar bilan.

Ish haqi so'rovnamasi orqali ma'lumotlar tinimsiz yig'ib boriladi. Har kuni so'rovnomadan o'rtacha 100-500 ta respondentlar o'tadi. Har chorakda regressiya va baholash modellari qayta hisoblab chiqiladi. Bu esa ish haqi reportlaridagi ma'lumotlarning aktualligini kafolatlaydi.

So'rovnomadagi ish o'rinlar mehnat bozori, kandidatlar va ish beruvchilar taklifiga ko'ra doimiy ravishda yangilanib turadi. Yakuniy ro'yxat ma'lum bir lavozimdagi xodimlar sonini ham hisobga olib shakllantiriladi. Chunki ushbu lavozim bo'yicha yetarli ish haqi ma'lumotlari olishimiz ham muhim. Mehnat bozorida juda kam talabga ega ma'lum bir ish o'rinlarini ro'yxatga kiritmaslikka harakat qilamiz, chunki yetarlicha ish haqi ma'lumotlari olish imkoniyatimiz juda past. Bunda holatlarda, mazmunan yaqin yoki muqobil lavozimlarni qidirib ko'rishni tavsiya qilamiz.
Sohalar bo'yicha lavozimlar ro'yxatini yuklab oling. Agar ro'yxatdan biror lavozimni topolmasangiz, biz bilan bog'laning.

Ish haqi so'rovnomasi metodologiyasi haqida to'liq ma'lumotni alohida sahifadan olasiz Ishhaqi.uz portali qanday ishlaydi .
Qidirgan ma'lumotingizni topolmadingizmi? Bizga yozing: [email protected]

Maosh belgilash strategiyasi uchun mo'ljallangan ish haqi sozlamasi

Ish haqi sozlamasi qisqa vaqt ichida ko'proq ishchilarga maosh belgilashi kerak bo'lgan professionallar uchun mo'ljallangan. Bevosita aktual mehnat bozoridan olingan ma'lumotlar sizga strategik qarorlar qabul qilishda ishonch beradi va sizning qimmatli vaqtingizni tejaydi.

Bepul sinab ko'ring Ko'proq ma'lumot

Boshqa davlatlar uchun ham ish haqi reportlari

Boshqa mamlakatlardagi maoshlarni bilib oling

Ish haqi sozlamasi sizga barcha lavozimlarga tegishli ish haqi ma'lumotlarini olish imkonini beradi. Ish haqi sozlamasi shunisi bilan ham noyobki, u sizga boshqa mamlakatlardagi ish haqi ma'lumotlarini ham taqdim qila oladi.

Bepul Sinab Ko'rish

Kumulativ lavozimlar

Xodim ish haqini u bajarayotgan vazifalarga ko'ra belgilang

Xodimingiz faoliyat yuritayotgan lavozimlarda ish haqi holati qanday ekanligi haqida aktual ma'lumotlarga ega bo'ling. Bunday ma'lumotlar hudud, soha, ish staji va firmaning katta-kichikligi kabi muhim omillarni ham hisobga oladi.

Kumulativ lavozimlarni sinab ko'ring

Ish haqi Sozlamasi funksiyalari

LS_PP2_ToolFuncMethodologyTitle
Metodologiya

Biz ushbu metodologiya asosida 2007-yildan beri ma'lumotlarni yig'ib kelmoqdamiz va doimiy ravishda uni mukammallashtirishga harakat qilmoqdamiz.

LS_PP2_ToolFuncDataFromPeopleTitle
Odamlar bergan ma'lumotlar

To'ldirilgan so'rovnomalar qattiq tekshiruv va filtrlardan o'tadi.

LS_PP2_ToolFuncPositionsComparisonTitle
Ish o'rinlari taqqoslovi

Siz istalgan lavozimni taqqoslov uchun qo'shishingiz va ular o'rtasidagi farqlarni osongina ko'rishingz mumkin.

LS_PP2_CustomJobPanel
Kumulativ lavozimlar

Agar xodim bir nechta lavozimga tegishli vazifalarni bajarayotgan bo'lsa, modul sizga barcha lavozimlar bo'yicha ish haqini bitta ekranda ko'rish imkonini beradi.

LS_PP2_ToolFuncBenefitsOverviewTitle
Benefitlar

Ish haqi sozlamasi, shuningdek, ishchilarning moliyaviy va nomoliyaviy benefitlarini o'z ichiga oladi.

LS_PP2_ToolFuncInterfaceTitle
Intuitiv interfeys

Siz ish haqini oson va mustaqil belgilash imkoniga ega bo'lasiz.

LS_PP2_ToolFuncReadableDataTitle
Ma'lumotlarning tartibli joylashuvi

Mijozlarimiz ma'lumotlarning aniq va tushunishga osonligini doim etirof etishadi.

LS_PP2_ToolFuncAccessibleDataTitle
Ma'lumotlarni olish imkoniyati

Jamoangiz a'zolari qayerda va qachon bo'lmasin, ish haqi sozlamasidan cheksiz foydalana oladi.

LS_PP2_ToolFuncComparisonTitle
Doimiy taqqoslash

Har chorakda xodimlar ish haqini mehnat bozoridagi ish haqi bilan avtomatik solishtirib borish.

LS_PP2_ToolFuncSettingsTitle
Sozlamalarni saqlash

Tanlangan ish o'rinlarini saqlash va istalgan payt ularga qaytish imkoniyati

LS_PP2_ToolFuncExportTitle
Reportlarni yuklab olish

Istalgan vaqt reportlarni yaratish va PDF formatda yuklab olish mumkin

Ish haqi belgilash uchun report PRO

Ish haqi reporti PRO kadrlar bo'limi mutaxassislari uchun katta yordamchi bo'la oladi. U kelgusi yoki hozirgi xodim uchun ish haqi belgilashda asos vazifasini bajarishi mumkin. Ish haqi reporti PRO hudud, ta'lim darajasi, ish staji va yoshiga ko'ra lavozimga berilayotgan yalpi ish haqini o'z ichiga oladi. Bundan tashqari, reportda yalpi ish haqining alohida komponentlari va moliyaviy bo'lmagan benefitlarini ham ko'rishingiz mumkin.

Narxi:

790,000 UZS*

Buyurtma Namunaviy reportni ko'rish

*Narx bitta lavozim bo'yicha kompleks tahlil uchun.

Metodologiyamizdan mamnun mijozlarimiz

Ishhaqi.uz xizmatlari narxi | FIRMALAR UCHUN

Ish haqi sozlamasi

Xodimlarga ish haqini belgilashda asos bo'lib xizmat qiluvchi ma'lumotlar

1 yilga cheklanmagan ish o'rinlari

  • Hudud, ta'lim darajasi, ish staji, yoshi, firma hajmiga ko'ra lavozimga beriladigan ish haqi
  • Respondentlarni ish haqi oralig'i bo'yicha taqsimlash
  • Ish haqi oralig'i
  • 16 ta asosiy nomoliyaviy benefitlarni tasniflash
  • Moliyaviy benefitlar tahlili


  • Reportlarni PDFga yuklab olish
  • Reportlarni keyinroq foydalanish uchun saqlab qo'yish
  • Xodimlar ish haqini mehnat bozoridagi ish haqi bilan doimo taqqoslab borish
  • Email va telefon orqali yordam

4,900,000 UZS*

Bepul sinab ko'ring
Ish haqi reporti PRO

Kandidat bilan suhbat yoki xodim maoshini qayta baholash uchun asos bo'lib xizmat qiladi

1 ta lavozim uchun bir martalik

  • Hudud, ta'lim darajasi, ish staji, yoshi, firma hajmiga ko'ra lavozimga beriladigan maosh
  • Respondentlarni ish haqi oralig'i bo'yicha taqsimlash
  • Ish haqi oralig'i
  • 16 ta asosiy nomoliyaviy benefitlarni tasniflash
  • Moliyaviy benefitlar tahlili


  • Tanlangan lavozim bo'yicha to'liq ish haqi reporti. Ushbu report foydalanuvchi akkauntida 12-oygacha saqlanib turadi
  • Report va uning PDF formatini yuklab olish uchun link

790,000 UZS*

Buyurtma

Namunaviy reportni ko'rish

*Narxlar 0% QQSsiz ko'rsatilgan
Agar siz aynan o'z ehtiyojlaringizga mos yechim qidirayotgan bo'lsangiz, biz bilan bog'laning: [email protected]