logo

Umumiy tijoriy shartlar

Ishhaqi.uz portalining ish haqi tahlilini taqdim etishda umumiy tijoriy shartlari

Umumiy qoidalar

1. Akmaljon Xudoynazarov (ID: 0001193553, Tax ID: 639644569) bir paytning o'zida ishhaqi.uz portalining operatori, ham ish haqi tahlilining provayderi hisoblanadi.

2. Operator ish haqi tahlilini ta'minlash va undan foydalanishda Operator va Mijozning huquqlari va majburiyatlarini tartibga soluvchi ushbu Umumiy Tijoriy Shartlarni (bundan keyin "UTSH") ishlab chiqadi. UTSH operator va mijoz o'rtasida tuzilgan shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadi.

3. Ish haqi tahlili (yoki uning natijalari) faqat mijozning o'z faoliyati va maqsadlari uchun mo'ljallangan. Mijoz ish haqi tahlili yordamida olingan ma'lumotlarni kelgusida pullik yoki bepul bo'lsin, uchinchi shaxslarga tarqatish yoki boshqa maqsadlarda foydalanish yoki boshqa shaxs tomonidan boshqa maqsadlarda foydalanishga ruxsat berish huquqiga ega emas. Mijoz operator roziligisiz ish haqi tahlili natijalarini o'z web-saytida yoki boshqa holda nashr etish huquqiga ega emas (yoki boshqa usulda ish haqi tahlili natijalarini nusxalash va ko'paytirish uchun, ayniqsa mahsulot va xizmatlarini sotish maqsadida). Operator, agar bu uning obro'siga zarar yetkazadi deb hisoblasa, bunday rozilikni bermaslikka haqlidir.

Jismoniy shaxslarga ish haqi tahlilini taqdim etish shartlari

4. Portalga tashrif buyuruvchilar ish haqi tahliliga qisqa onlayn so'rovnomadan o'tib, osongina buyurtma berishlari mumkin.

5. Portalga tashrif buyuruvchi buyurtmani tasdiqlashdan oldin, o'z elektron pochtasini taqdim etadi. Portalga tashrif buyuruvchi "Buyurtma qilish" tugmachasini bosish orqali o'z buyurtmasini tasdiqlaydi.

6. Ish haqi tahlili oldindan to'lov asosida taqdim etiladi. To'lov qabul qilingandan so'ng, ish haqi tahlili mijoz tomonidan taqdim etilgan elektron pochta manziliga yuboriladi.

7. Buyurtma uchun to'lov portalda mavjud to'lov usullari orqali amalga oshiriladi.

8. Yuqoridagi shartlarga muvofiq, ish haqi tahlili, faqat, jismoniy shaxslarga (tadbirkor bo'lmaganlarga) beriladi.

9. Ish haqi tahlili natijalaridan foydalanish natijasida bevosita yoki bilvosita zarar uchun operator javobgar hisoblanmaydi. Operator ish haqi tahlili natijalarini ishonchli va to'g'ri va vakolatli ma'lumotlar asosida ishlashini ta'minlash uchun maksimal harakat qiladi, ammo bu ish haqi tahlilining mutlaq aniqligi va to'liqligiga kafolat bermaydi. Ish haqi tahlili, faqat, statistik ahamiyatga ega.

Yuridik shaxslarga ish haqi tahlilini taqdim qilish shartlari

10. Biror bir xizmatdan foydalanish uchun mijozning web-saytda ro'yxatdan o'tishi talab qilinadi. Ro'yxatdan o'tish ish haqi tahliliga buyurtma berayotganda amalga oshiriladi. Buyurtma shaklini to'ldirib, mijoz o'z onlayn akkauntini yaratadi. Bu akkaunt yagona login nomi va parol bilan himoyalanadi. Kirish paroli mijozning ko'rsatilgan elektron pochta manziliga yuboriladi. Mijoz kirish nomi va parolini noto'g'ri ishlatilishidan himoya qilishi va ularni uchinchi shaxslarga taqdim etmasligi shart.

11. Keyingi buyurtmalarni mijoz, faqat, o'z akkaunti orqali amalga oshiradi, ba'zi istisno hollarda, bu yozma (xat, elektron pochta) yoki telefon buyurtmasi asosida amalga oshirilishi mumkin.

12. Buyurtma eng kamida quyidagi ma'lumotlarni o'z ichiga olgan bo'lishi shart:

l  Mijozning firma nomi va / yoki yuridik shakli,

l  Hisob-faktura manzili yoki yozishmalar manzili,

l  Tadbirkorlik raqami, soliq raqami, va yoki QQS raqami,

l  Aloqa uchun ma'lumotlar (telefon, e-mail),

l  Buyurtma qilingan xizmat turi,

13. Buyurtma yuborilganda mijozning e-mailiga tasqidlov xabari yuboriladi (buyurtma qabul qilinganligi haqida). Operator tomonidan tasdiqlangan buyurtma yakuniydir, uni, faqat, ikki tomonning o'zaro roziligi asosida o'zgartirish mumkin. Operator buyurtmani o'zgartirish bilan bog'liq qo'shimcha to'lovlarni talab qilishga haqli.

14. Ish haqi tahlilining narxi u buyurtma qilingan kunda portalda ko'rsatilgan narxga muvofiq belgilanadi.

15. Faktura (soliq hujjati), odatda, Operator tomonidan Mijozga ish haqi tahlili taqdim etilgandan so'ng beriladi. Fakturani to'lash sanasi faktura berilgan kundan boshlab 14 kun, agar shartnomada boshqacha belgilanmagan bo'lsa. Sababli hollarda, operator mijozga ish haqi tahlilini to'lov qabul qilingandan so'ng taqdim qilishi mumkin. Bunday hollarda operator mijozni oldindan ogohlantiradi.

16. Mijoz buyurtma qilingan ish haqi tahlili uchun to'lovni Operatorga o'z vaqtida fakturada ko'rsatilgan bank hisob raqami orqali naqd pulsiz shaklda to'lashi shart. Mijoz shuningdek, fakturani portalda mavjud bo'lgan onlayn to'lov tizimlaridan foydalanib, to'lash huquqiga ega.

17. Mijoz fakturani to'lashni kechiktirgan taqdirda, Operator har bir kechiktirilgan kun uchun umumiy to'lanmagan summaning 0,1% miqdorida jarima qo'llashga haqli; shu bilan birga, u faktura to'languniga qadar keyingi xizmatlarni vaqtincha to'xtatib turishga haqlidir. To'lov 30 kundan ortiq kechiktirilgan taqdirda, Operator ushbu debitorlik qarzini sud orqali undiradi. Qarzni undirish bilan bog'liq barcha xarajatlar mijoz tomonidan qoplanadi.

18. Hisob-faktura bilan bog'liq mijoz talablari operatorga uni olgan kundan boshlab, 7 kun ichida yozma ravishda bildirilishi shart.

19. Operator mijozga pulni, faqat, alohida holatda, 5.000 (besh ming) so'mdan ko'p bo'lganda qaytaradi.

Umumiy qoidalar

20. Operator ish haqi tahlili natijalaridan foydalanish natijasida to'g'ridan-to'g'ri yoki bilvosita zarar uchun javobgar bo'lmaydi. Operator Ish haqi tahlili natijalarini ishonchli, to'g'ri va vakolatli ma'lumotlar asosida ishlashini ta'minlash uchun bor imkoniyatni ishga soladi, ammo ish haqi tahlilining mutlaq aniqligi va to'liqligiga kafolat bermaydi. Ish haqi tahlili, faqat, statistik harakterga ega.

21. Operator mijozning login nomi va parolini ruxsatsiz uchinchi shaxs tomonidan suviste'mol qilinishi uchun, shuningdek, yuzaga kelgan zarar uchun va uchinchi shaxslarning bunday noto'g'ri foydalanish natijasida kelib chiqqan da'volari uchun javobgar emas.

22. Mijoz ushbu ish haqi tahlili (yoki uning natijalari) muallifning ishi ekanligini va Mualliflik huquqi to'g'risidagi qonun va boshqa xalqaro qonunlar bilan himoyalanganligini hisobga oladi. Operator portalda berilgan ma'lumotlar, ularni qayta ishlash va tarqatish bilan bog'liq barcha litsenziyalar va roziliklarga ega. Mijoz unga berilayotgan ma'lumotlar Mualliflik huquqi bilan himoyalanganligini hisobga oladi.

23. Mijoz ish haqi tahlili natijalaridagi xatolikni operatorga tahrirlash uchun xabar qilishi mumkin. Ish haqi tahlilining statistik xususiyati sababli, mijoz ish haqi tahlili natijalarining mazmuni bo'yicha shikoyat qilishga haqli emas. Boshqa shikoyatlar (xatoliklar bo'yicha) u aniqlangan kundan boshlab, 14 kundan kechikmasligi kerak. Mijoz yozma ravishda Operatorga [email protected] orqali xabar yuboradi.

24. Mijoz operator tomonidan e-mailiga tovar va xizmatlarni reklama qilish uchun xabar yuborishga rozilik beradi.

25. Operator UTSHni o'zgartirish va to'ldirish huquqini o'zida saqlab qoladi, shu bilan birga, ushbu o'zgartirishlar kuchga kirgan sanani ko'rsatib, portalda nashr etish orqali mijozga o'zgarishlar to'g'risida darhol xabar beradi. Yangi UTSH kuchga kirgandan so'ng, avvalgi UTSH avtomatik o'z kuchini yo'qotadi.

26. Shartnomada va / yoki UTSHda tartibga solinmagan barcha munosabatlar O'zbekiston Respublikasining amaldagi huquqiy qoidalari bilan tartibga solinadi.

27. Shartnoma qoidalari UTSHdan ustun turadi. UTSH doirasi yoki uning qismlari, faqat, shartnomada qatnashuvchi tomonlarning yozma kelishuvi bilan chiqarib tashlanishi mumkin.


01.10.2020


Ishhaqi.uz

Sizga berilayotgan maosh adolatlimi?

O'zingiz uchun maxsus bepul ish haqi taqqoslovini oling.

Maoshingizni taqqoslab ko'ring