logo

O'zbekistonda ish haqi holati. 2022-yil, Mart

7.4.2022

cover image

Ishhaqi.uz so'rovnomasiga ko'ra, 2022-yil mart holatiga, O'zbekistonda o'rtacha brutto maosh 3,2 mln so'mni tashkil qiladi.

Erkaklar o'rtacha 3,6 mln so'm maosh olsa, ayollarga 2,4 mln so'm, ya'ni erkaklarga nisbatan taxminan 33 % kamroq maosh to'lanmoqda.

Poytaxtliklar, tabiiyki, eng ko'p (o'rtacha brutto maosh 4,4 mln so'm) daromad topish bo'yicha yetakchilik qilayotgan bo'lsa, jizzaxliklar o'rtacha 2,2 mln so'm daromad bilan regionlar bo'ylab reytingda eng quyi pog'onoda.

Yordamchi ishlar, mijozalarni qo'llab-quvvatlash, turizm, tibbiyot va ijtimoiy himoya soha vakillari o'rtacha 1,5-2 mln so'm maosh bilan O'zbekistonda eng kam daromad topuvchilar qatoriga kirsa, eng ko'p (o'rtacha 5 mln so'm) daromadi bilan, tarjimonlik, yuridika va IT sohasida faoliyat olib boruvchilar maqtana oladi.

Ma'lumot darajasiga ko'ra, o'rtacha oylik maosh quyidagicha ko'rinishga ega: o'rta ma'lumot uchun 2,6 mln, bakalavr uchun 3,6 mln, magistr uchun 4 mln, PhD uchun 4,8 mln.

Maoshlar brutto (soliq va boshqa ayirmalardan oldingi) holda ko'rsatildi.




Sizga berilayotgan maosh adolatlimi?

O'zingiz uchun maxsus bepul ish haqi taqqoslovini oling.

Maoshingizni taqqoslab ko'ring